Xabaringiz bor, joriy yilning 14–24-oktyabr kunlari Fan olimpiada markazi tomonidan Asosiy olimpiadaning ikkinchi – tuman (shahar) bosqichi fanlar kesimida ikki guruhga bo‘lingan holda tashkil etildi.
1-guruh fanlari bo‘yicha olimpiada sinovlari 18-oktyabr kuni yakunlandi.
Unda respublika bo‘ylab 9-, 10- va 11-sinf o‘quvchilari ishtirok etdi:
– kimyo fanidan – 39 769 nafar;
– fizika fanidan – 38 086 nafar;
– informatika va axborot texnologiyalari fanidan – 37 021 nafar;
– biologiya fanidan – 42 379 nafar;
– matematika fanidan – 40 470 nafar.
20–23-oktyabr kunlari 2-guruh fanlari bo‘yicha olimpiada davom etdi.
Bunda:
– tarix fanidan – 37 504 nafar;
– geografiya fanidan – 33 195 nafar;
– rus tili va adabiyoti fanidan – 34 693 nafar;
– davlat va huquq asoslari fanidan – 32 280 nafar;
– ingliz tilidan – 43 790 nafar;
– fransuz tilidan – 1 245 nafar;
– nemis tilidan – 1 870 nafar;
– tojik tilidan – 780 nafar;
– ona tili va adabiyot fanidan – 38 829 nafar;
– o‘zbek tili fanidan – 6 773 nafar;
– qozoq tili fanidan – 1 082 nafar;
– qoraqalpoq tili va adabiyoti fanidan – 1 524 nafar 9-, 10- va 11-sinf o‘quvchilari qatnashdi.
Olimpiadada testlarni bajarish uchun 1-guruh fanlariga 1 soat 30 daqiqa, 2-guruh fanlariga esa 1 soat vaqt ajratilgan.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, har bir tuman (shahar) dan fanlar kesimida 3 nafardan g‘oliblar aniqlanadi va uchinchi – hududiy bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Ma’lumot uchun, asosiy olimpiadaning uchinchi – hududiy bosqichi sanasi tez orada e’lon qilinadi.