Oʻzbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligidan 12-17 yoshlilar uchun ramz va shiorlar tanlovi!

O‘zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligining Kiberxavfsizlik markazi va UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi O‘zbekistonning barcha hududlaridan 12 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan bolalar #SaferInternetDay doirasida eng yaxshi milliy ramziy xarakter timsoli (ramzi) va eng yaxshi shior uchun tanlovda ishtirok etishga taklif qiladi. Ular Xavfsiz internet Milliy markazining ramzi va shiori bo‘ladilar.

Tanlovdan ko‘zlangan maqsad kibermakonda bolalar xavfsizligi va himoyasini o’zida mujassam etuvchi “milliy ramziy xarakter timsoli (ramzi) va shiorni ishlab chiqishdan iborat. Bular, shuningdek, bolalar va o'smirlar tomonidan raqamli texnologiyalardan xavfsiz foydalanishni targ'ib qilish bo'yicha tadbirlarda qo'llaniladi.

Tanlov o’tkazish muddatlari: 2022-yil 8-fevraldan 8-mart (soat 24:00 gacha).

Natijalar e’lon qilinishi: 2022-yil 15-aprel, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirligi va UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlarida.

Tanlov g‘oliblari sertifikat va sovg‘alar bilan taqdirlanadilar:

?1-o‘rin – Planshet (Samsung Galaxy Tab S7 11" 128Gb 4G)

?2-o‘rin – Electron kitob o‘quvchi (Amazon Kindle Paperwhite (10th Generation)

?3-o‘rin - Fitness bilaguzuk (Xiaomi MI smart band 6)

*G‘oliblarning umumiy soni – 6. “Eng yaxshi milliy ramziy timsol” nominatsiyasi uchun uchta o‘rin va “Eng yaxshi shior” nominatsiyasi uchun uchta o‘rin.

1.  O‘zbekistonda bolalar kibermakondan xavfsiz foydalanishini ifodalovchi “Milliy ramziy timsol” tanlovi mavzusida qo‘lda yoki kompyuterda tasvirni quyidagi shakllarda chizish:

  • Flora yoki fauna (hayvonlar yoki o’simliklar) turining obrazi;
  • Robot va elektron qurilmalar obrazi;
  • Geometrik shakl;
  • Fantaziya (xayoliy uydirma) qahramoni obrazi;
  • Tarixiy qahramon obrazi;
  • Boshqa obraz.

2. O‘zbekistonda bolalar kibermakondan xavfsiz foydalanishi bilan bog‘liq shiorni quyidagi shaklda yozing:

  • Shior;
  • Ifodalar;
  • Iboralar;
  • Ikki qator she’r;
  • Gap.

3. Quyidagi arizani to'ldiring (A4 formatida pochta orqali yuboriladigan xatga yoki Word hujjat formatida elektron pochtaga ilova qiling):

  • Ishtirokchining to’liq ISMI SHARIFI
  • Ishtirokchining yoshi;
  • Yashash manzili;
  • Ta’lim maskani va sinfi;
  • Aloqa uchun telefon raqamlari;
  • E-mail manzili;
  • Tanlovga yuborilgan ishni ko’rsatish: milliy ramziy xarakter timsoli (ramzi) va/yoki shior;

4. Ramziy timsol tasvirini, shior va arizani quyidagi manzilga:

O‘zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligi Kiberxavfsizlik markazi, 100029, Toshkent sh., Yakkasaroy tumani, YUNUS RAJABI ko‘chasi, “1"  yoki tashkent@unicef.org elektron pochtasiga yuborish, bunda konvert ustida yoki elektron xat mavzusida “TANLOV #SaferInternetDay” deb ko’rsatish.

5. Tanlov natijalarini UNICEF O’zbekiston ijtimoiy tarmoqlarida kuzatib boring:

Instagram: @unicefuzbekistan

Facebook: @unicefuzb

Telegram: @unicefuzbekistan

Ikkala nominatsiya bo'yicha g'oliblarni aniqlash tanlov komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Komissiya tarkibiga Ichki ishlar Vazirligi Kiberxavfsizlik markazi, UNICEF, Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha Vakili idorasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi va bolalar va o’smirlar gazetasi bosh muharriri kiradi.

Tanlov komissiyasi a’zolari tanlovga yuborilgan ishlar orasidan baholashning belgilangan mezonlariga muvofiq “eng yaxshi milliy ramziy belgi” va “eng yaxshi shior”ni aniqlaydi.

* Komissiya oldindan aniqlangan mezonlarga muvofiq 3 ta eng yaxshi ramziy timsol va 3 ta eng yaxshi shiorni tanlaydi.

Shartlar*

  1. Tanlovda O‘zbekistonning istalgan hududida istiqomat qiluvchi, raqamli texnologiyalardan xavfsiz foydalanish masalalariga qiziqadigan hamda Internetdan foydalanishda barchaning xavfsizligi va himoyasini ta’minlash bo‘yicha o‘z g‘oyalari bilan o‘rtoqlashmoqchi bo‘lgan 12 yoshdan 17 yoshgacha bolalar qatnashishi mumkin.
  2. Har bir ishtirokchi tanlovga faqat bitta “milliy ramziy timsol” tasviri va faqat bitta shior taqdim etishi mumkin.
  3. Ishtirokchilar bitta nominatsiyada qatnashib “milliy ramziy belgi” tasvirini yoki shiorni taqdim etishlari yoki ham milliy ramziy belgi va ham shiorni tanlovga taqdim etib ikkita nominatsiyada ishtirok etishlari mumkin.

Timsol (ramz)

"Milliy ramziy xarakter” timsoli qo'lda tasvirlangan surat yoki grafik shaklda taqdim etilishi kerak: Photoshop, Power Point dasturlarida yoki har qanday qulay onlayn dasturlarda yaratilishi mumkin.

  1. Surat ruchka, qalam, flomaster yoki bo'yoqlar yordamida A3, A4 yoki A5 formatidagi qog'oz yoki kartonda bajarilishi mumkin.

Shior

  1.  Shior qogʻozga qo’l bilan tushunarli yozilishi yoki oʻzbek, qoraqalpoq yoki rus tillarida bosma shaklda taqdim etilishi mumkin.
  2. Mualliflik huquqini buzuvchi mavjud ramz va shiorlardan nusxa qilingan, shuningdek kamsitish va zo‘ravonlikni targ‘ib qiluvchi, boshqa shaxslarning sha’ni va qadr-qimmatini erga uruvchi, behayo so‘z va tasvirlarni o‘z ichiga olgan ramzlar va shiorlar tanlovga qo‘yilmaydi. 

Barcha ishtirokhilarga omad tilaymiz! Bolalar tomonidan Internetdan xavfsiz foydalanishni targ'ib qilishda bizni qo'llab-quvvatlang! Bolalarni raqamli makondagi tahdidlardan birgalikda himoya qilaylik!