10 YOSHDAN 17 YOSHGACHA BOʻLGAN OʻQUVCHILAR DIQQATIGA!

? Siz robototexnikaga qiziqasizmi? 

?Shu yoʻnalishda bir-biridan qiziq gʻoyalaringiz bormi?

❗️Oʻz bilimlaringizni sinash va gʻoyalaringizni amalga oshirish vaqti keldi! 

Xalq taʼlimi vazirligi 2021-yil 6-dekabrdan robototexnikaga oid xalqaro tanlovni eʼlon qiladi. 

Tanlovda ishtirok etish va shartlari oddiy.

Eng qizigʻi, tanlov sovrinlari juda ham ajoyib:

1️⃣ oʻrin - Apple iMac kompyuteri

2️⃣ oʻrin - Macbook Air noutbuki

3️⃣ oʻrin - iPad Pro plansheti.

 

Tanlovda ishtirok etish istagida boʻlgan talabgorlar www.technofest.uz sayti orqali oʻz arizalarini qoldirishlari mumkin.  

?Roʻyxatdan oʻtish joriy yilning 6-dekabridan 31-dekabriga qadar davom etadi. 

?Gʻoliblar 2022-yil 20-yanvarda eʼlon qilinadi. 

Robototexnika ishqibozi boʻlgan yoshlar, oʻz omadingizni sinab koʻrish va qobiliyatingizni namoyon etish vaqti keldi! 

Tanlovda faol qatnashing va gʻolib boʻling. Barchaga omad tilaymiz! 

Batafsil maʼlumot www.technofest.uz saytida.