Ayrim oʻqituvchilarga malaka toifasi attestatsiyadan oʻtkazilmasdan beriladi

Quyidagi pedagog kadrlarga malaka toifasi (lavozim) toʻgʻridan-toʻgʻri (attestatsiyadan oʻtkazilmasdan) beriladi:

 


???? Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan roʻyxati tasdiqlanadigan sport musobaqalarining:

➖tuman (shahar) bosqichi gʻolibini (1-oʻrin) tayyorlagan maktabgacha taʼlim tashkilotlarining jismoniy tarbiya yoʻriqchilariga — ikkinchi malaka toifasi (katta oʻqituvchi lavozimi);

➖Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichi gʻolibini (1-oʻrin) tayyorlagan maktabgacha taʼlim tashkilotlarining jismoniy tarbiya yoʻriqchilariga — birinchi malaka toifasi (yetakchi oʻqituvchi lavozimi);

➖xalqaro hamda respublika bosqichi gʻolibi va sovrindorlarini (1 — 3-oʻrin) tayyorlagan maktabgacha taʼlim tashkilotlarining jismoniy tarbiya yoʻriqchilariga — oliy malaka toifasi (bosh oʻqituvchi lavozimi);

 


????belgilangan tartibda tasdiqlanadigan sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining respublika, hududiy va jismoniy tarbiya-sport tashkilotlari kalendar rejalariga kiritiladigan sport musobaqalarining:

➖tuman (shahar) bosqichi gʻolibini (1-oʻrin) tayyorlagan taʼlim tashkilotlarining jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilariga — ikkinchi malaka toifasi (katta oʻqituvchi lavozimi);

➖Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichi gʻolibini (1-oʻrin) tayyorlagan taʼlim tashkilotlarining jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilariga — birinchi malaka toifasi (yetakchi oʻqituvchi lavozimi);

xalqaro hamda respublika bosqichi gʻolibi va sovrindorlarini (1 — 3-oʻrin) tayyorlagan taʼlim tashkilotlari jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilariga — oliy malaka toifasi (bosh oʻqituvchi lavozimi);

 


???? jismoniy tarbiya fan olimpiadasining, shuningdek, “Besh tashabbus olimpiadasi”, olimpiya, noolimpiya va milliy sport turlari boʻyicha uch bosqichli umumrespublika sport musobaqalarining:

➖tuman (shahar) bosqichi gʻolibi va sovrindorlarini (1 — 3-oʻrin) tayyorlagan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilariga — ikkinchi malaka toifasi (katta oʻqituvchi lavozimi);

➖Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichi gʻolibi va sovrindorlarini (1 — 3-oʻrin) tayyorlagan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilariga — birinchi malaka toifasi (yetakchi oʻqituvchi lavozimi);

➖xalqaro hamda respublika (final) bosqichi gʻolibi va sovrindorlarini (1 — 3-oʻrin) tayyorlagan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilariga — oliy malaka toifasi (bosh oʻqituvchi lavozimi);

 


???? xalqaro matematika (IMO), fizika (IPhO), kimyo (IChO), biologiya (IBO) informatika (IOI) olimpiadalarida oltin, kumush yoki bronza medal (birinchi, ikkinchi va uchinchi oʻrin) sovrindorlarini tayyorlagan taʼlim tashkilotlarining pedagog kadrlariga — oliy malaka toifasi (bosh oʻqituvchi lavozimi);

 


???? oliy malaka toifasiga (bosh oʻqituvchi lavozimiga) ega boʻlganidan soʻng oliy malaka toifasini (bosh oʻqituvchi lavozimini) 15 yil davomida saqlab kelgan va uzluksiz ish stajiga ega boʻlgan pedagog kadrlarga — oliy malaka toifasi (bosh oʻqituvchi lavozimi).