
? Siz robototexnikaga qiziqasizmi?
?Shu yoʻnalishda bir-biridan qiziq gʻoyalaringiz bormi?
❗️Oʻz bilimlaringizni sinash va gʻoyalaringizni amalga oshirish vaqti keldi!
Xalq taʼlimi vazirligi 2021-yil 6-dekabrdan robototexnikaga oid xalqaro tanlovni eʼlon qiladi.
Tanlovda ishtirok etish va shartlari oddiy.
Eng qizigʻi, tanlov sovrinlari juda ham ajoyib:
1️⃣ oʻrin - Apple iMac kompyuteri
2️⃣ oʻrin - Macbook Air noutbuki
3️⃣ oʻrin - iPad Pro plansheti.
Tanlovda ishtirok etish istagida boʻlgan talabgorlar www.technofest.uz sayti orqali oʻz arizalarini qoldirishlari mumkin.
?Roʻyxatdan oʻtish joriy yilning 6-dekabridan 31-dekabriga qadar davom etadi.
?Gʻoliblar 2022-yil 20-yanvarda eʼlon qilinadi.
Robototexnika ishqibozi boʻlgan yoshlar, oʻz omadingizni sinab koʻrish va qobiliyatingizni namoyon etish vaqti keldi!
Tanlovda faol qatnashing va gʻolib boʻling. Barchaga omad tilaymiz!
Batafsil maʼlumot www.technofest.uz saytida.