Zulfiya nomidagi davlat mukofoti kimlarga beriladi?

1999-yil 10-iyundagi “Zulfiya nomidagi davlat mukofotini taʼsis etish boʻyicha takliflarni qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida”gi Prezident farmoniga asosan, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti taʼlim, fan, adabiyot, madaniyat, sanʼat, sport, axborot texnologiyalari sohalari va jamoatchilik faoliyatida alohida yutuqlarga erishgan 14 yoshga toʻlgan va 30 yoshdan oshmagan iqtidorli xotin-qizlarga berilishi belgilangan. Mukofot har yili Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 2 nafardan talabgorlarga beriladi. Mukofotni olish uchun talabgor soʻnggi 3-yil mobaynidagi ibratli faoliyati, oʻz sohasidagi va jamoatchilik faoliyatidagi alohida yutuqlariga oid hujjatlarni taqdim etishi lozim.