Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash toʻgʻrisida”gi Farmoni eʼlon qilindi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash toʻgʻrisida”gi Farmoni eʼlon qilindi.
 
Mazkur Farmon bilan boshqa tarmoqlar qatorida taʼlim sohasi vakillari ham orden va medallar bilan taqdirlanishdi.

Xususan:

II darajali “Sogʻlom avlod uchun” ordeni bilan – 
 

Axmedova Soraxon Tolipjanovna – Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining maʼmuriy huquq kafedrasi professori
Saidova Dilfuza Eshkulovna – Jizzax shahridagi 22-ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktabi direktori, Jizzax viloyati
Soliyeva Uktamxon Qozoqovna – Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi oʻqituvchisi, shoira, Fargʻona viloyati
Sultanova Dilshoda Namazovna – Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetining sanʼat kafedrasi professori, Samarqand viloyati

 

“Sogʻlom turmush” medali bilan – 
 

Allayarova Dilfuza Mirjalilovna – Yuqori Chirchiq tumanidagi 7-umumiy oʻrta taʼlim maktabining rus tili fani oʻqituvchisi, marafon yuguruvchisi, Toshkent viloyati

 

“Kelajak bunyodkori” medali bilan – 
 

 
Yoqubjonova Shaxnoza Toʻlqinjon qizi – Gnesin nomidagi Rossiya musiqa akademiyasi magistranti

 
“Shuhrat” medali bilan – 
 
Abdullayeva Ozoda Safibullayevna – Namangan muhandislik-qurilish institutining sanoatni axborotlashtirish fakulteti dekani, Namangan viloyati