O‘quvchini darsga o‘z vaqtida kirishini ta’minlash yoki topib kelish o‘qituvchining vazifasiga kiradimi?

O‘quvchini darsga o‘z vaqtida kirishini ta’minlash o‘qituvchining vazifasiga kirmaydi.

O‘quvchini darsga o‘z vaqtida kirishini ta’minlash yoki darsga kirmagan o‘quvchini topib kelish o‘qituvchining vazifasiga kirmaydi.

Xalq ta’limi vazirining 07.12.2019 yil 393-sonli buyrug‘ida ham, Xalq ta’limi vazirining 2021 yil 1 iyuldagi 206-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan xalq ta’limi xodimlarining lavozim majburiyatlari orasida ham  o‘qituvchining yuqoridagi kabi majburiyatlari mutlaqo belgilanmagan.

Faqat yuqoridagi ikki hujjatda o‘qituvchi dars davomida o‘quvchilarni yo‘qlama qilishi va elektron jurnalga kelmagan o‘quvchilar to‘g‘risidagi belgini kiritishi kerakligi qayd etilgan.

@Yurist_Xizmati