Bayram munosabati bilan o‘qituvchilarga to‘lanadigan mukofot miqdori 75% gacha oshirilgan!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19 martdagi “Maktabgacha va maktab ta’limi sohasida boshqaruv tizimi samaradorligini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PF-51  farmoni bilan pedagog va rahbar xodimlarning mukofot pullari mehnatga haq to‘lashning 75% gacha miqdorida etib belgilangan.

2025 yil 1 avgust holatiga eng kam ish haqi 1 mln 271 ming so‘m.

Xulosa, pedagog va xodimlar 1 oktyabr "Ustozlar va murabbiylar" bayram kuni munosabati bilan 953 ming 250 so‘mgacha pul mukofoti olishlari mumkin.