Yagona davlat imtihoni qachondan joriy etiladi? U qanday bo'ladi?

Yagona davlat imtihoni g‘oyasi haqiqatdan bor, dastlab bu haqda 2020-yilda hujjat loyihasi ishlab chiqilgan edi. Bu kecha chiqqan yangilik emas, bir necha yildan buyon o’ylashmoqda.

Xushnudbekni ta’kidlashicha, mazkur tizimni taxminan 2028-yildan keyin joriy etilishi rejalashtirilgan (agar ulgurishsa). Ya’ni kelasi yildan bo’lar ekan, deb vahima qilish shartmas.

 

Yagona davlat imtihoni (YDI) nima?
 
• 11-sinf yakunida topshiriladigan davlat attestatsiyasi boshqa tizimlar bilan birlashtiriladi;
 
• O’quvchilar maktabni bitirayotganda topshirgan imtihon natijasi universitetlarga kirish uchun ham o’tadi;
 
• YDI o’z navbatida Milliy sertifikat o‘rnini ham bosadi.

 

 

Bundan nima maqsad ko’zlangan?
 
• Abituriyentlarni ortiqcha ovoragarchilikdan qutqarish (maktab imtihoni, sertifikat va alohida kirish testlari o‘rniga bitta imtihon);
 
• Faqat yodlashga emas, balki fikrlash, esse (insho) yozish, matnni tushunish, mantiqiy fikrlash kabi ko‘nikmalarga ham e’tibor qaratish. Chunki hozir kirish imtihonidagi yopiq test formatidagi (4 ta variantli) testlar asosan xotiraga yo’naltirilgan xolos, fikrlashga emas.

 

 

Tartibi qanday bo‘ladi?
 
• Imtihonlar Bilimlarni baholash agentligining hududlardagi maxsus katta pavilyonlarida, kompyuter orqali topshiriladi;
 
• Har bir maktab bitiruvchilari grafik asosida navbatma-navbat imtihon topshirib chiqadi. Shu bitta imtihon natijasi universitetlarga kirish uchun ham o’tadi;
 
• Bu hali taxminiy tartiblarga takliflar xolos, aniq qaror yoki rasmiy hujjat yo’q. Tartibi tasdiqlangandan keyin, aniqroq va batafsilroq nimadir aytish mumkin.
 


 
Xulosa: bu o‘zgarishlar yaqin yillarda bo’ladi degani emas. Tizimdan maqsad — ovoragarchilikka barham berib, yoshlarni shablondan chiqarib, ularda mustaqil fikrlash ko’nikmasini rivojlantirish.