Maktab bitiruvchilariga beriladigan oltin va kumush medallar aynan qaysi oʻquvchilarga beriladi?

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-fevraldagi tegishli qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablariga koʻra:


Oltin medal umumiy oʻrta taʻlim muassasalarining 9-sinfini bitirganlik toʻgʻrisidagi aʻlo darajali shahodatnomasi mavjud boʻlgan, umumiy oʻrta taʻlim muassasalarining 10- va 11-sinflarida barcha fanlar boʻyicha choraklik, yillik va yakuniy nazorat baholari aʻlo boʻlgan, namunali xulq-atvorli va jamoat ishlarida faollik koʻrsatgan bitiruvchilarga;

 


Kumush medal umumiy oʻrta taʻlim muassasalarining 9-sinfini bitirganlik toʻgʻrisidagi aʻlo darajali shahodatnomasi mavjud boʻlgan, umumiy oʻrta taʻlim muassasalarining 10- va 11-sinflarida barcha fanlar boʻyicha yillik baholari aʻlo boʻlgan, namunali xulq-atvorli va jamoat ishlarida faollik koʻrsatgan bitiruvchilarga beriladi.

 


Oltin va kumush medallar uchun oliy taʻlim muassasasiga kirishda imtiyozlar beriladimi?

 


Mazkur Nizomda oltin va kumush medallar bilan taqdirlangan bitiruvchilarga imtiyozlar berilishi koʻzda tutilmagan.


➡️ Ushbu taqdirlashdan asosiy maqsad, oʻquvchilarni taʼlim olishga boʻlgan qiziqishlarini yanada oshirish, ular oʻrtasida sogʻlom raqobatni shakllantirish va iqtidorli oʻquvchilarning bilimini ragʻbatlantirishdan iboratdir.

 


MMTV