O‘quvchini quyi sinfdan yuqori sinfga ko‘chirish mumkinmi?

 

Assalomu alaykum! E’tiborsiz qoldirmay javob berganingiz uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman. O'g'lim 2011 yilda tug'ilgan, hozir 6-sinfda o'qiydi, sinfdoshlarining aksariyati 2012 yil, uning tengdoshlar 7-sinfda o'qishadi. O'qishlari yaxshi, tabelida  birorta ham 4 bahosi yo'q, sinfdan sinfga ko'chirishni iloji bormi?

 


YURIST JAVOBI:

Amaldagi qonunchilikka muvofiq ko‘chira olmaysiz deb hisoblaymiz.

 


Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 martdagi 140-son qaroriga 1-ilovada tasdiqlangan Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi Nizom qoidalarida o‘quvchilarni maktabga qabul qilish, o‘qishini ko‘chirish, bir sinfdan boshqa sinfga o‘tkazish (ya’ni 6-A sinfdan 6-B sinfga o‘tkazish), boshqa maktabga o‘qishni ko‘chirish tartiblari belgilangan.

 

 

✅Biroq o‘quvchini quyi sinfdan yuqori sinfga ko‘chirish qoidalari belgilanmagan. Shuning uchun o‘qishni ko‘chira olmaysiz.