Jismoniy tarbiya oʻqituvchilari joriy oʻquv yilidan boshlab yangi tartib asosida toifa olishadi

Prezidentning “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida jismoniy tarbiya fani oʻqitilishini tubdan takomillashtirish hamda ushbu fan oʻqituvchilarining kasbiy faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qiliinganligi hamda jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilariga toifa berishning (2 bosqichli) yangi tartibi ishlab chiqilishi haqida xabar berilgan edi.


Mazkur qaror ijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Sport vazirligining qarori qabul qilindi.
Qaror asosida umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari uchun amaliy imtihon sinovlarining jismoniy tayyorgarlik darajasi normativlari hamda sport turlari boʻyicha mashqlar texnikasi va baholash mezonlari tasdiqlandi.


Umumiy oʻrta taʼlim maktablarining jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari uchun: (2025-2026 oʻquv yilidan boshlab, 2025-yil avgust-dekabr oylarilari attestatsiyasidan boshlab):


– birinchi bosqichda – Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan pedagogning mutaxassislik fani (35 ta) va kasb standarti (5) boʻyicha bilim darajasini aniqlash maqsadida 40 ta test topshirigʻi beriladi (40 test savoli 1 baldan jami 40 ball);
– ikkinchi bosqichda – amaliy imtihon (jami 60 ball, shundan jismoniy tayyorgarlik darajasi normativlari boʻyicha-20 ball, sport turlari boʻyicha mashqlar texnikasi -40 ball).


 
Taʼkidlash joizki, mazkur baholash mezonlari 2025-yil avgust-dekabr oylarida oʻtkaziladigan pedagog kadlar attestatsiyasidan boshlab joriy etiladi.
 
Hujjat bilan tanishish