Rasman: pensiya va nafaqalar 1-iyuldan, ish haqi va stipendiyalar 1-avgustdan 10% oshiriladi

Prezident farmoniga muvofiq, 2025-yil 1-iyuldan boshlab pensiyalar, nafaqalar hamda kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqalari va moddiy yordam toʻlovlari 10 foizga oshiriladi.

 

1. Yoshga doir eng kam pensiya 918 ming soʻm, nogironlik pensiyasi 1 million 12 ming soʻmni tashkil etadi;

 

2. Kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqasining har oylik miqdori:

— 3 yoshgacha boʻlgan bitta kichik farzandi uchun – 360 000 soʻm,
— 3 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan bitta farzandi uchun – 275 000 soʻm,
— oilaning ikkinchi farzandi uchun qoʻshimcha – 165 000 soʻm;
— oilaning uchinchi va undan keyingi har bir farzandi uchun qoʻshimcha - 110 000 soʻm;

 

3. Kam taʼminlangan oilalar uchun moddiy yordamning oylik miqdori 420 000 soʻm etib belgilandi.

ℹ️ 2025-yil 1-avgustdan boshlab budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi va stipendiyalar miqdori ham 10 foizga oshirilishi belgilandi. Yaʼni, mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori amaldagi 1 mln 155 ming soʻmdan 1 mln 271 ming soʻmga oshirildi.

Mazkur chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun talab etiladigan mablagʻlar Davlat budjeti hamda Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanadi.

 

Bundan tashqari, xususiy sektorda ishlovchi fuqarolarimizning ham toʻlov qobiliyatlarini ragʻbatlantirish uchun ish beruvchilarga ish haqi miqdorini mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoridan kam boʻlmagan miqdorlarda toʻlash tavsiya etilmoqda.