
So’nggi qo’ng’iroq jaranggi
Bugun maktab ostonasin hatlab so’nggi bor,
O’n bir yillik bolalikka yasaysiz yakun.
Endi xayot darsxonangiz bo’lar, maktabda,
Chalinadi eng oxirgi qo’ng’iroq bu kun.
Bilmam, balki joningizga tekkan bu jarang,
Balki bezor bo‘lgandirsiz darslardan xatto.
Balki ustoz asabingiz qilgandir tarang,
Lekin o‘tgan maktab davrin unutmang aslo!
Axir oson bo‘lmagandir 11 yil kutmoq,
Bekor sarf bo‘lmagandir 11 yil umr.
Oson bo‘lmas ustozlarning etagin tutmoq,
Barchasining o‘z gashti bor, qilingiz sabr.
Balki sizga unut bo‘lgan, eslarsiz balki,
Shu dargoxga qadam qo‘ygan jajji qizaloq,
Yo bolakay edingizlar, quvonchga to‘lib,
Kutgandinglar chalinishin ilk qo‘ng‘iroq.
Alifboni tanimagan sofdil qizaloq,
Katta bo‘lib onasiga berar maslaxat.
Darsdan qochib bezor qilgan bir shalpangquloq,
Bugun endi o‘zimizga qilar nasixat.
11 yilda 11 mingta quvonchu-tashvish,
Sarguzashtlar xotiradan ketmaydi albat.
Sinfdoshlik bog‘i ichra ochildi do‘stlik,
Kimlargadir nasib bo‘ldi sof bir muxabbat.
Endi ustoz tekshirmaydi xayot darsini,
Vazifani ko‘chirmoqqa bo‘lmaydi imkon.
Kundalikka qo‘yilmaydi «2» baxolar,
Biling endi, xatolarni kechirmas zamon.
Sinfdoshlar, bo‘lolmaysiz endi partadosh,
Endi sirdosh bo‘lolmassiz, unutmang biroq,
Do‘stlaringiz bir umrga bo‘lar yelkadosh,
Do‘stlik uchun chalinmaydi so‘nggi qung‘iroq.
Chalinmoqda so‘ngi qo‘ng‘iroq
Maktab dargohini tark etib ketish,
Men uchun azobdir bu axir azob.
Yuragimni ezar og‘ir bir qiynoq,
Chunki chalinmoqda so‘ngi qo‘ng‘iroq.
So‘nggi qo‘ng‘iroq ham chalinar asta,
Ko‘zda mayusligu, qo‘lda guldasta,
Maktab yillarimiz o‘tdi bir pasta,
Har vaqt sog‘inaman seni sinifdosh.
Maktab yillarimiz o‘tdi birma-bir,
O‘tdi kun fasllar, o‘tdi kun-oylar,
Bugun sog‘inchdan otadi tonglar,
Tongdan sog‘inaman seni sinfdosh.
Sinfdosh do‘stlarim
Ko‘zlarimiz kuladi, ko‘ngil yig‘laydi,
Tillarimiz xayr deb, dil ketma deydi.
Sog‘inamiz maktabim, issiq bag‘ringni,
Ey sinfdosh do‘stlarim, ketgim kelmaydi.
Qaldirg‘ochga o‘xshabon, ucharmiz bizlar,
Dillarda sog‘inch bilan, ketarmiz do‘stlar.
Ko‘zlarimiz yo‘lingda, sog‘inar seni,
Ey sinfdosh do‘stlarim, ayrildik endi.
Chalinmay qo’yaqol so’nggi qo’ng’iroq
Bu oqshom osmonda yulduz yig’laydi,
Ko’k aro to’lin oy unsiz yig’laydi,
Majnuntol yonida maktab bog’ida,
Yurakda dard bilan bir qiz yig’laydi,
Bunchalar yuraklarga solasan titroq,
Chalinmay qo’yaqol «So’nggi qo’ng’iroq».
Ayriliq onlari bunchalar azob,
Chalinmay qo’yaqol «So’nggi qo’ng’iroq»
Aytilmay qoldiku aytilmas gaplar,
Goh oshkor goh pinhon bitilgan xatlar,
Bir bora yurakdan chiqmagan suhbat,
Ranglar sarg’ayib ko’nglimni ezar,
Qizlar qo’lidagi estalik daftar,
Nahot armonga aylansa endi,
Sinfdosh qiz bilan tushgan suratlar,
Bunchalar yuraklarga solasan titroq,
Chalinmay qo’yaqol «So’nggi qo’ng’iroq».
Ayrilgim kelmaydi munis maktabdan,
Ko’nglimga abadiy yoqding sen chiroq,
Yashirgim kelmaydi men ham yoshlarim,
Chalinmay turaqol «So’nggi qo’ng’iroq»,
Nelar kutmoqda bizlarni hali,
Qayg’uli muhabbat, xijronli firoq,
Nahot tark etmoqda sho’xlik davrimiz,
Chalinmay turaqol «So’nggi qo’ng’iroq».
Seni sog’inaman sinfdosh
Biz sinfdosh bo’ldik,
Sinfdoshmas dildosh bo’ldik,
Nahot bugun endi begona bo’ldik,
Seni sog’inaman aziz sinfdosh.
Maktab yillarimiz o’tdi birma-bir,
O’tdi kun fasllar, o’tdi kun-oylar,
Bugun sog’inchdan otadi tonglar,
Tongdan sog’inaman seni sinfdosh.
To’g’risi ranjitgan kunlarim bo’ldi,
Shu kun bedorli tunlarim bo’ldi,
Sog’inchim, iztirobibi o’ylarim bo’ldi,
Yig’lab sog’inaman seni sinfdosh.
Yillar o’tib ko’rib oqar ko’z yoshlar,
Endi ayro bo’ldi o’shal dildoshlar,
Nahot endi begonadir o’sha sirdoshlar,
Harvaqt sog’inaman seni sinfdosh.
Qara, oxirgi bor darsda birgamiz,
Oxirgi bor birga tanaffus kutib,
O’tiribmiz jimgina dardlarni yutib,
Dardli sog’inaman seni sinfdosh.
So’nggi qo’ng’iroq ham chalinar asta,
Ko’zda mayusligu, qo’lda guldasta,
Maktab yillarimiz o’tdi bir pasta,
Har vaqt sog’inaman Seni Sinifdosh!
Chalinmagin so‘nggi qo‘ng‘iroq
To‘xtab qolsin soat millari,
Chalinmasin so‘nggi qo‘ng‘iroq.
Ortda qolar sho‘xlik yillari,
Chalinmagin so‘nggi qo‘ng‘iroq.
Naxot boshqa, boshqa yo‘limiz,
Xomush tortib yig‘lar dilimiz.
Ketar chog‘i ortda ko‘zimiz,
Chalinmagin so‘nggi qo‘ng‘iroq.
Sizni unutmaymiz birinchi Ustoz!
Birinchi qadamim esimda-ku oz.
Sizni qadrlaymiz sizgadir e‘zoz,
Chalinmagin so‘nggi qo‘ng‘iroq.
Sho‘xliklar qilardim hammadan ko‘proq,
Haliyam qumsaydi yuragim mushtoq.
Xuddi tushdek o‘tgan damlarim,
Chalinmagin so‘nggi qo‘ng‘iroq.
Bir oiladek jambuljam edik,
Yillar o‘tdi tarqadik ketdik.
Endi mehr qadriga yetdik,
Chalinmagin so‘nggi qo‘ng‘iroq.
Sog‘indim sinifdosh sirdoshlarimni,
Ko‘zlari chaqnagan dildoshlarimni.
Jim turib eslayman xotiralarni,
Chalinmagin so‘nggi qo‘ng‘iroq.
Yangi hayot yangi yo‘llarga,
Qadam qo‘ydik boshqa yo‘llarga.
Yoshlik xotirasi Shamshod Safarga!
Chalinmagin so‘nggi qo‘ng‘iroq.
Sinfdosh unutma do‘stlaringni
Mana bugun xammaning ko‘zida yosh,
Ajralishar bir biridan sinfdosh.
Maktab binosi xam turar xomush,
Bu ko‘z yoshlarga berolmay bardosh.
Ey sinfdosh unutma do‘stlaringni,
Eslab yuraylik maktab chog‘larni.
Maktab yillarri o‘tti birin ketin,
Kimdir yoriga isxor qildi sevgisin.
Mayli ularga Xudoyim bersin baxtin,
Ular doimo birga bo‘lishsin.
Ey sinfdosh unutma do‘stlaringni,
Eslab yuraylik maktab chog‘larni.
Baxtli bo’l sinfdosh
Baxtli bo’l sinfdosh do'stim
Ba’zinxor ko’rmayin, ko’zlaringda yosh,
Sen uchun porlasin, ko’klarda quyosh.
Ayriliq ko’nglimda bo’ldi og’ir tosh,
Baxtli bo’l bir umr aziz Sinfdosh…
Endi senga o’tgan kunlar xayoldir,
U kunlar xotira bizga yodgordir.
Qaydasan sinfdosh dilga savoldir,
Baxtli bo’l bir umr aziz sinfdosh.
Umid deb atalmish guling so’nmasin,
Yurakda orzuying, bevaqt o’lmasin.
Shu qaro ko’zlaring, xech nam bo’lmasin,
Omon bo’l bir umr aziz sinifdosh.
Chalinadi songi qo‘ng‘iroq
Bahorning so‘ngi kunlari,
Tugayotgandek bolalik chog‘lari,
Yaqinlashmoqda ayrilish damlari,
Chalinmaytur so‘ngi qo‘ng‘iroq.
Sinfdoshlarim bilan yana biroz qolay,
Uztozlarga rahmat aytishga ulgurib olay,
Qadrdon maktabim bilan hayrlashib olay,
Biroz chalinmaytur so‘ngi qo‘ng‘iroq.
Nahot sinfdoshlarni endi ko‘raman kamroq,
Nahot maktabga kelaman endi ozroq,
Sinfdoshlarni maktabni unutmiman biroq,
Chalinmaytur so‘ngi qo‘ng‘iroq.
Maktabim sen menga eng aziz koshanasan,
Bugun o‘tib o‘tmishga aylanasan,
Eh Barno maktabni hali ko‘p sog‘inasan,
Biroz chalinmaytur so‘ngi qo‘ng‘iroq.
Shu chog‘ hayolimni buzib,
Sinfdoshlarni bir biridan ayirib,
Maktab hovlisidan uchirib quvib,
Jaranglab chalinadi songi qo‘ng‘iroq.
Qo‘ng‘iroq jarangi, xayr demoqda
Yurakda — bugun bir, ajib xayajon,
Yoshlik damlarim bugun, eslagim keldi.
Ko‘ksimda iliqlik, ko‘z yoshlar marjon,
Maktabim — do‘stlarim, bir ko‘rgim keldi.
Oxista yangraydi, so‘nggi qo‘ng‘iroq,
Yurakdan nenidur, yulib olgandek.
Ozod yurt ramzi bu, hilpirar bayroq,
Ko‘nglimni — yoshligim, tark etayotgandek.
Bir chetda turibman, kuzatib sekin,
O‘quvchilarga omad, tilar ustozim.
Parvozga shaylanar, bugun do‘stlarim,
Oq yo‘l tilar mo‘tabar, mening ustozim.
O‘quvchilar yuzlaridan, ko‘z yoshlar oqdi,
So‘nggi qo‘ng‘iroq ovozidan, yuraklar yondi.
Ilk sevgim — ilk she‘rim, maktabda qoldi,
Yoshlik damlari ham endi, hotira bo‘ldi.
Xayr endi maktabim, xayr do‘stlarim,
Bizni unutmang xech qachon, aziz ustozim.
Biz sizni eslaymiz, har yil shu onda,
Jonajon maktabim qo‘ng‘irog‘i, chalinganida.
Qo‘ng‘iroq jarangi, xayr demoqda,
Do‘stlar ham oxista, qo‘l silkishmoqda.
She‘rim davom etmoqqa, qolmadi kuchim,
Omad va baxt tilayman o‘quvchilarga.
Maktabning bag‘ridan uchgan qushlarga!
Xayr maktab, xayr sinfdoshlarim
Mana vaqt o’tib ketganini bilmay qolibmiz,
O’n birinchi sinfga ham kelib qolibmiz,
Kechagina maktabga ilk bor qadam qo’ygandik,
O’sha kunlarni ham qadriga yetmadik.
Endi esa bu kunlar biz uchun qadirli bo’ldi,
Men uchun esa qochgan darslarim armon bo’ldi,
Bu kunlarni hech qachon unutmiman,
So’ngi yillarni o’tishini istamiman.
Bularni bari endi kech,
Sinfdoshlar ham ayrilgisi kelmaydi hech,
Men uchun vaqt o’tishi bo’ldi birpasta,
Negadir yuragim ham bo’lgandi hasta.
Bu sinfda kimnidir dilini og’ritdim,
Yana kimlarnidir behuda ranjitdim,
Shuning uchun yuragim juda qiynalmoqda,
Endi esa hamma sinfdoshlar ayrilishmoqda.
Qizlarni ko’zidan asta yosh yumalar,
Bollarni esa jiddiylik qamrab olar,
Mana bitirmoqdamiz shu orzu qilgan maktabni,
Ancha yillar o’tsa ham unutmayman sinfdoshlarni.
Sinfdoshlar bilan zora ahil bo’lib,
So’ngi yilni urush janjalsiz o’tkazsak,
Ahir bir birimizga g’animat bo’lsak,
Endi bir birimizni birdek ko’raylik,
Maktabni bitirsak ham bir birimizdan habar olaylik!
So‘ngi qo‘ng‘iroq uchun qisqa sherlar
So‘ngi qo‘ngiroq tilaklar
Ko‘zimdan qalqiydi quvonch yoshlarim,
Maktab dargohini tark etar bu kun.
Yangi hayotga ham qo‘yishar qadam,
Chunki chalinmoqda so‘ngi qo‘ng‘iroq.
***
Dillarni titratib so‘ngi qo‘ng‘roq,
Maktab dargohidan qiladi yiroq.
Ustozlarim ko‘zidan tirqiraydi yosh,
Chunki chalinmoqda so‘ngi qo‘ng‘iroq.
***
Yuragimda bu kun cheksiz ehtirom,
Yuragimdan chiqar dil izxorlarim.
Opalarim akalarim ketishar bu kun,
Chunki chalinmoqda so‘ngi qo‘ng‘iroq.