Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasini (Bolnichniy)ni oson olish imkoniyati yaratildi

 

Endi «bolnichniy» uchun ortiqcha bosh qotirmaysiz

Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasini onlayn olish imkoniyati yaratildi.

Endilikda tibbiyot muassasalari tomonidan fuqarolarning kasalligi sabab beriladigan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqalarini olish uchun ushbu muassasalarga tashrif buyurish shart emas.

Shunchaki, my.gov.uz portali orqali «Sinov tartibidagi xizmatlar» bo‘limidan kerakli xizmatni tanlab, mehnatga layoqatsizlik varaqalarini onlayn yuklab olish kifoya. Xizmatdan foydalanishda hech qanday hujjat talab etilmaydi. Shuningdek, mutlaqo bepul va qulay.