Magistratura 2-bosqichda o‘qiyotgan talaba maktabdan necha soat dars olish huquqiga ega?

Assalomu alaykum. Magistraturada 2-bosqichda oʻqiyotgan talaba maktabda necha soat dars olish huquqiga ega? Magistraturada oʻqish haftasiga 2 kun.

 


YURIST JAVOBI:

Magistrantning asosiy vazifasi ta’lim olish hisoblanadi. Shu tufayli magistrant faqat darsdan bo‘sh vaqtlaridagina ishlashga haqli. An’anaviy yoki masofaviy shaklda o‘qishning ahamiyati yo‘q. Har ikki holatda ham asosiy vazifa o‘qish.

Mehnat kodeksining 184-moddasiga muvofiq ishi yuqori darajadagi ruhiy, aqliy va asabiy zo‘riqish bilan bog‘liq bo‘lgan, ya’ni alohida xususiyatga ega bo‘lgan tibbiyot xodimlari, pedagoglar va boshqa toifadagi xodimlar uchun ish vaqtining davomiyligi haftasiga ko‘pi bilan o‘ttiz olti soat qilib belgilanadi.

 


Shunga ko‘ra barcha pedagog xodimlar uchun haftalik ish soati 36 soatdan oshmaydi, bunda qonun chiqaruvchi 1 stavka uchun mazkur meyorni belgilaydi.

Mana shu qoidaga ko‘ra magistrant ta’lim olish vaqtida bu soatlarni bajara olmaydi, shu tufayli u maktabda to‘liq stavkada ishlay olmaydi. Bunda magistrant OTMdagi darslari qo‘yilgan soatlarga qarab 0.50dan 0.75 stavkagacha ishlashi mumkin.

Haftalik ish yuklamasini bajarish uchun bir kunda 7 soat vaqt sarflanadi. Magistraturada bir kunda kamida 2 para dars o‘tilganda ham magistrant deyarli uch soat vaqt ketadi. Yoki haftasiga 2 kun o‘qish bo‘lganda ham MK 184-moddasidagi meyorni bajarib bo‘lmaydi.

 

 


➖ Shunga ko‘ra siz to‘liq stavkada ishlay olmaysiz.

✅ Bu vaziyatda siz bo‘sh vaqtingizga qarab 0.5 yoki 0.75 stavkada ishlashga haqlisiz.

@Yurist_Xizmati‌‌