2-sinf “Tabiiy fanlar” darsligining rasmida yoʻl qoʻyilgan xato yuzasidan oʻqituvchilarga koʻrsatma

​​2-sinf uchun “Tabiiy fanlar” darsligining 44-mavzusi 114-betida berilgan magnit rasmi va matn bir-biriga mos kelmagan. Bu holatda matndagi maʼlumot toʻgʻri deb qabul qilinadi. Rasm yordamchi vosita sifatida foydalaniladi. 44-mavzuda oʻquvchilarga magnitni tushuntirishda matnni quyidagi rasm asosida oʻqitilishini inobatga olishingizni soʻraymiz.

?Izoh: Aslida magnit qutblarini ranglarda belgilash boʻyicha ikki xil talqinlar bor. Masalan, Rossiyaning akademik lugʻati shimoliy qutbni qizil, janubiy qutbni koʻk bilan talqin qilgan boʻlsa, Britanika ensiklopediyasiga ko'ra, buni aksini koʻrish mumkin. 

Sabab fizikada yerning ichki magnit qutblari, yerning yuzasida geografik qutblar bilan ustma-ust tushmaydi. Masalan, fizikada yerning janubiy magnit qutbi geografik jihatdan shimoliy qutb yaqinida joylashgan.  

Shu bois darslikning matni va rasmida nomutanosiblik yuz bergan. Kelasi nashrlarda mazkur muammoli jihat bartaraf etiladi.