? 2022-yil 5-aprel kuni Davlat test markazi tomonidan ingliz tili imtihonlarini kompyuterda elektron tarzda o‘tkazish uchun maxsus ishlab chiqilgan dastur aprobatsiyasi o‘tkazildi.
? Dastur aprobatsiyasi Buxoro, Navoiy, Xorazm, Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida tashkil etildi.
? Unda ingliz tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarini kompyuterda elektron tarzda o‘tkazish uchun ishlab chiqilgan dastur sinovdan o‘tkazildi.
❇️ Aprobatsiyaga akademik litseylar va umumta’lim maktablarining bitiruvchi sinf o‘quvchilari jalb etilib, jami 70 nafar o‘quvchi ishtirok etdi.