Chet tillar o‘qituvchilarining bazaviy lavozim maoshlariga ustama haq belgilash test sinovlarining natijalari e'lon qilindi
Attestatsiya testlari — test.muallimlar.uz Attestatsiya testlari — test.muallimlar.uz

Gapirish ko‘nikmasi bo‘yicha natijalar e’lon qilindi

 

⏳ 2022-yil 11-17-fevral kunlari chet tillar o‘qituvchilarining bazaviy lavozim maoshlariga ustama haq belgilash test sinovlarining ikkinchi bosqichi, ya’ni «gapirish» ko‘nikmasini baholash imtihonlari o‘tkazilgan edi.

 

✅ Mazkur imtihon natijalari Davlat test markazining my.dtm.uz saytida e’lon qilindi.

??‍? O‘qituvchilar imtihon natijalarini my.dtm.uz saytidan ““Chet tillar o‘qituvchilari uchun test sinovlari” bo‘limining “Mening arizalarim” qismida bilishlari mumkin.

? Gapirish ko‘nikmasi bo‘yicha maksimal ballning kamida 60 foizini to‘plagan o‘qituvchilar test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan hisoblanadi.

? Test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan o‘qituvchilar tegishli ma’lumotnomani 2022-yil 4-mart kunidan boshlab Davlat test markazi va uning hududiy bo‘limlaridan olishlari mumkin.