Attestatsiya jarayonlarida salbiy natija koʻrsatgan Namangan viloyatidagi maktablarga uslubiy yordam koʻrsatilmoqda
Attestatsiya testlari — test.muallimlar.uz Attestatsiya testlari — test.muallimlar.uz

Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Namangan hududiy boʻlimi tomonidan Uchqoʻrgʻon va Mingbuloq tumanlaridagi 2021-yilgi attestatsiya jarayonlarida salbiy natija koʻrsatgan maktablarga uslubiy yordam koʻrsatilmoqda.

Xususan, viloyatning Uchqoʻrgʻon tumanidagi 12-, Mingbuloq tumanidagi 16-va 29-sonli maktablarda taʼlim sifati va samaradorligini oshirish boʻyicha oʻrganishlar olib borildi.

Unda oʻquvchilarning bilimi, pedagoglar salohiyati hamda maktab rahbariyati tomonidan bu borada amalga oshirilgan ishlar oʻrganildi. Aniqlangan muammolar boʻyicha tegishli tavsiyalar hamda oʻqituvchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.

Qayd etish lozimki, 2021-yil davomida Namangan viloyatida jami 140 ta umumiy oʻrta taʼlim maktablari attestatsiyadan oʻtkazilib, ularning 127 tasi akkreditatsiyalangan va 13 ta maktabda taʼlim sifati qoniqarsiz deb baholangan