Direktor o‘qituvchining roziligisiz dars soatlarini olib qo‘yishga haqqi yo‘q
Attestatsiya testlari — test.muallimlar.uz Attestatsiya testlari — test.muallimlar.uz

“Umumtaʼlim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi (ro‘yxat raqami № 3271) nizomga ko‘ra, sentyabr oyida o‘qituvchilarga biriktirilgan soatlardan keyin o‘qituvchining yozma roziligisiz undan olib qo‘yilishi mumkin emas.

? Bu Mehnat kodeksi 89-moddasiga zid harakat hisoblanadi. Ushbu normaga muvofiq ish beruvchi xodimning roziligisiz mehnat shartlarini o‘zgartirishga faqat texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o‘zgarishlar, ishlar (mahsulot, xizmatlar) hajmining qisqarganligi, basharti bunday o‘zgarishlar xodimlar soni yoki ishlar xususiyatining o‘zgarishiga olib kelishi oldindan aniq bo‘lgan hollardagina haqlidir.

? Shunday ekan direktor faqat yuqoridagi holatlardagina o‘qituvchiga tarif asosida biriktirilgan dars soatlarini olishga haqli bo‘ladi.

☝️ Yuqorida keltirilganlardan xulosa qiladigan bo‘lsak, o‘qituvchiga biriktirilgan dars soatlari hozirga kelib uning yozma roziligisiz olib qo‘yilishi mumkin emas. Bunday vaziyat yuz bergan holda Davlat mehnat huquqi inspektoriga murojaat qilishingiz mumkin.