Daraxtning oʻlchami, rangi uning fizik xususiyati sanaladi. Agar daraxt chaqmoq urishi natijasida yonib ketsa, unda bu uning kimyoviy xususiyatidir. Bu xususiyatlarni qanday bir-biridan farqlaymiz?
Toshkent shahridagi Prezident maktabi Science oʻqituvchilari amerikalik Mapson Kerik Artur va Mahfuza Choʻlliyeva Chilonzor tumanidagi 114- maktabda oʻquvchilarga STEAM fanini oʻtishdi. Dars mobaynida oʻquvchilar fizik va kimyoviy jarayonlarni farqlashni oʻrganib oldilar.