Ta'lim berishning dastlabki qonuniyatlari

- Tushunarlidan tushunarsizga;

- Yaqindan uzoqqa;

- Osondan qiyinga;

- Аniqdan mavhumga;

- Umumiydan xususiyga.

Didaktik xatti-harakat nima?

Bu oʼqituvchi tomonidan taʼlim jarayonida didaktika va metodikani birlashtirish orqali tashkillashtiriladigan xatti-harakatdir.

Didaktik xatti-harakatlarni amalga oshirish uchun o'qituvchi o'z oldiga quyidagi savollarni qo'yishi va ularga javob izlashi kerak.

1. Kimlar oʼqitadi?

2. Kimlarni oʼqitish kerak?

3. Oʼqitish orqali qanday maqsadlarga erishish kerak?

4. Maqsadga erishish uchun qanday materiallardan foydalanish kerak?

5. Nazariy yoki amaliy darsni qanday sharoitda oʼtkazish kerak?

6. Nazariy yoki amaliy darsni qaysi usullar yordamida oʼqitish kerak?

7. Oʼqishni qanday tashkil qilish kerak?

8. Koʼzlangan maqsadga erishilgani qanday baholanadi?