Ta'lim rus tilida olib boriladigan maktablar uchun moʻljallangan 2-sinf "Oʻzbek tili" darsligining sahifalari raqamlashda hamda mavzularning tartib asosida berilishida texnik xatoliklarga yoʻl qoʻyilganini videolavhada tarqaldi.
2021-2022 oʻquv yilida (7 ta taʼlim tilida) jami 326 nomdagi darslik va oʻquv-metodik majmualar yaratildi.
Butun Respublika maktablari uchun darsliklar millionlab nusxada chop etilishi va ularni bosmaxonalardan tanlab olish yoʻli bilan tekshirilishi inobatga olinsa, chop etilayotgan darsliklar orasida yaroqsizlari ham uchrab turishini inkor etib boʻlmaydi.
Xususan, “Oʻzbek tili” darsligini chop etishda ayrim nusxasida texnik xatolar bilan nashriyotdan oʻtib ketgan.
Avvalroq, mazkur holatlarga duch kelganda tuman xalq taʼlimi boʻlimlarining darslikka masʼullariga darsliklarni qabul qilib olmasliklarni haqida maʼlum qilingan edi.
?“Oʻzbek tili” darsligining nashr etilishi bilan bogʻliq xato va kamchiliklar aniqlanganda “Oʻzbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyining darsliklar taʼminoti boʻyicha masʼul boʻlimiga +(90) 994-62-91.