“O‘qituvchilar uchun Aptis” test sinovi grafigi (2022-yil yanvar)
Attestatsiya testlari — test.muallimlar.uz Attestatsiya testlari — test.muallimlar.uz

? “O‘qituvchilar uchun Aptis” Davlat test markazi tomonidan Britaniya Kengashi (British Council) bilan hamkorlikda o‘tkaziladigan, ingliz tili fani o‘qituvchilariga mo‘ljallangan malaka test sinovi hisoblanadi.

? Test sinovi kompyuterda o‘tkaziladi va natijalar test o‘tkazilgan vaqtdan boshlab 72 soat ichida talabgorning shaxsiy kabinetda e’lon qilinadi.

✅ Talabgorlarning test sinovida belgilagan javoblari Britaniya Kengashining “Global British Council” baholash guruhi tomonidan baholanadi.

? Test sinovida ishtirok etish uchun to‘lov bazaviy hisoblash miqdorining 2,5 baravari (675 000 so‘m)ni tashkil qiladi.

? “O‘qituvchilar uchun Aptis” test sinovida C darajaga ega bo‘lgan ta’lim muassasalarining xorijiy tillar o‘qituvchilariga ularning bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 50 foiz miqdorida qo‘shimcha ustama haqi to‘lanadi.