UNICEF va USAID xalqaro tashkilotlari orqali jalb qilingan 16 nafar xalqaro ekspertlar ishtirokida Milliy oʻquv dasturi loyihasini tayyorlash hamda darsliklarni yozish jarayonlarida ishtirok etdi.
Matematika, Tabiiy fanlar, Til oʻqitish fanlari uchun darsliklar ilk marotaba xorijlik ekspertlar hamkorligida tayyorlandi. YUNISEFning Oʻzbekistondagi vakolatxonasining Xalqaro ekspertlari xususan, darsliklarni yaratish boʻyicha Endi Smart, Ona tili fanidan Syuzan Lannuzi, Matematika boʻyicha Marsello Starikoff, Tabiiy fanlar boʻyicha Filippa Gardon Xalm Respublika taʼlim markazi fan metodistlari hamda darsliklarni tuzuvchi ishchi guruh aʼzolari bilan hamkorlikda ish olib bordi.