Miyani quvvatlantirish uchun foydali mashgʻulotlar

Ilmiy izlanishlar inson miyasi va ruhiyati uchun foydali faoliyat turlari, vaqtdan salomatlikni tiklashda unumli foydalanish usullari haqida aniq-tiniq maʼlumot bermoqda.

Siz ham boʻsh vaqtingizda quyidagi amallarga odatlaning.

?Video oʻyinlar oʻynash

Video oʻyinni koʻpi zarar. Buni avvalboshdanoq aytib qoʻyish joiz. Video oʻyinlarni oʻynash chogʻida miyadagi nevrologik jarayonlarda yaxshilanish kuzatiladi. Buning barchasi xursandchilik, ishqibozlik tufayli ajralib chiqadigan adrenalin moddasi bilan bogʻliq. Shu bilan birga, ruhiyatda “diqqatni yoʻnaltirish” holati mavjud. Bu jarayon ham miya faoliyati uchun foydali. Diqqatni biror harakatga qaratish miya muskullariga dam beradi. Vaqt oʻtishi bilan diqqatni jamlay olmaslik mulohaza qilish, xotira bilan bogʻliq xastaliklarni keltirib chiqaradi. 

?Mutolaa va televizor tomosha qilish

Mutolaa qilayotgan odam uchun tashqi taʼsirlar ahamiyatini yoʻqotadi: uning kitob olamidagi sayohati yosh bolaning chinqirayotgani, koʻcha shovqini, mashinalar ovozi, texnika ovozidan ustun keladi. Insonning uzoq umr koʻrishi uning miya faoliyati bilan ham aniqrogʻi miyaning ruhni boshqarishi, bilim doirasining kengligi bilan bogʻliq. Inson mutolaa qilib fikr qilgani, uning idroki ishlagani sayin miya faoliyati ham yaxshilanadi.

?Sport bilan shugʻullanish

Sportning deyarli barcha turi bizning ruhiyatimiz uchun shifobaxshdir. Misol uchun, ruhshunoslar tennis bilan shugʻullanish tushkunlik simptomlariga qarshi kurashishini koʻp aytishadi. Inson miyasi raqobatga kirishishni, musobaqada ishtirok etishni yaxshi koʻradi. Аgar uyda, tushkun va zerikkan holatda oʻtirgan boʻlsangiz, tushkunlik signallari sizning miyangizning limbik tizimi, yaʼni his-tuygʻularni boshqaruvchi qismiga taʼsir qiladi va xursandchilik, quvvatni soʻradi. Sport ham, ish faoliyati ham inson miyasini bu salbiy taʼsirlardan himoya qiladi.

??‍♀️Sayr qilish

Soʻnggi yillarda atrof-muhit ruhiyati degan tushuncha paydo boʻldi. Yaʼni, tabiat, yashillik, togʻlar ham inson miyasi, ruhini tinchlantiruvchi muhim omillar ekani ilmda isbotini topdi. Misol uchun, tabiat qoʻynida boʻlish inson miyasidagi salbiy rejalarni, jinoyatga moyillikni kamaytirar ekan. Аyniqsa, daraxtzorda, oʻrmonda sayr qilish esa qon bosimi faoliyatini yaxshilaydi. 2008 yilda oʻtkazilgan tadqiqotda ikki guruh ishtirok etib, ularning biri shaharda, boshqasi shahardan tashqarida boʻlgan tabiat qoʻynida sayr qilishadi. Natijalardan maʼlum boʻldiki, tabiat qoʻynida sayr qilgan guruhdagilarning ruhiyati koʻproq sogʻlomlashib, bu ularning idrok doirasiga ham ijobiy taʼsir qilgan.Hatto, tabiat manzarasi aks etgan suratlarni tomosha qilish ham tanaga tabiat qoʻynida sayr qilgandek yaxshi taʼsir koʻrsatar ekan.

??‍♂️Yugurish

Bryus Li yugurishni “mashqlar qiroli” deb atagan. U toʻgʻri aytgan ekan. Yuguruvchilar ham ruhiy, ham jismoniy jihatdan baquvvat boʻladilar. Yugurish asab tolasi va miya toʻqimalarining yuqori darajada rivojlanishiga xizmat qiladi. Maʼlum boʻlishicha yugurish, tosh koʻtarish, yuqori jadallikdagi aerobik mashqlar insonning asab tizimini mustahkamlab, qon aylanishini yaxshilar va miyaning ishlash samaradorligini oshirar ekan.

©️"Biz g'alaba qozonamiz" kitobidan.