1-noyabr kuni Xalq ta’limi vazirligi va Uzbek Foreign Experts Group tomonidan Entry orqali bolalarga dasturlashni oʻrgatish metodikasi bo‘yicha “Teaching Competition” onlayn tanloviga start berilgan edi.
Kuni kecha Samarqand shahrida ushbu tanlov gʻoliblarini dastlabki taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Jumladan:
AKT yoʻnalishi boʻyicha:
1️⃣-oʻrin Farida Xomidova (9-Maktab)
2️⃣-oʻrin Asad Doniyarov (Kattaqoʻrgʻon BABM)
3️⃣-oʻrin Mohigul Majidovaga (Oqdaryo tuman 47-IDUM);
Kasbiy etika yoʻnalishi boʻyicha:
1️⃣-oʻrin Xidoyatoy Amriyeva (71-Maktab)
2️⃣-oʻrin Mohigul Majidova (Oqdaryo tumani 47-IDUM)
3️⃣-oʻrin Umida Sidiqova (Samarqand tumani BABM)ga nasib etdi.
Gʻoliblarga pul mukofotlari va robototexnika toʻplamlari sovgʻa qilindi.
Ushbu loyihani 10 000 AQSh dollari miqdorida moliyalashtirishda ko'maklashgan East Telecom kompaniyasiga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz.