Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan tashrif bilan Rossiyaga joʻnab ketdi.
Oliy darajadagi muzokaralar bugun Moskva shahrida boʻlib oʻtadi. Unda ikki mamlakat oʻrtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilinishi, qator hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.