Bugun Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Abduqodir Toshqulov boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasi anʼanaga aylangan Rossiya-Oʻzbekiston II taʼlim forumida ishtirok etish uchun Moskvaga joʻnab ketdi.
Forumda ikki davlat ta’lim sohasidagi o‘zaro hamkorlik borasida qator ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazilishi ham koʻzda tutilgan.
Maʼlumot oʻrnida, Rossiya-Oʻzbekiston I taʼlim forumi 2018-yil Toshkent shahrida oʻtkazilgan edi.