1 va 2-sinf oʻquvchilarining bilimini baholash tizimi oʻzgargani yoʻq
Attestatsiya testlari — test.muallimlar.uz Attestatsiya testlari — test.muallimlar.uz

Soʻnggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda umumtaʼlim muassasalari 1 va 2-sinf oʻquvchilarining bilimini A, B, D, E, F shaklida baholanishi joriy qilinganligi toʻgʻrisida xabarlar tarqalmoqda.

Xabaringiz bor, “Milliy oʻquv dasturi” doirasida baholash komponenti xalqaro tajribalardan kelib chiqib yaratilgan, mazkur komponentlar orasida “Baholash” komponenti ham mavjuddir. Biroq, yangilikni joriy qilish muhokamalar natijasida oʻqituvchilarning fikrini oʻrgangan holda amalga oshirilishini maʼlum qilamiz.

Shunday ekan, Xalq taʼlimi vazirligi 2021/2022 oʻquv yilidan yangi baholash joriy qilinishi haqidagi xabarlarning asossiz ekanligini taʼkidlagan holda, barcha sinflarda oʻquvchilar bilimini baholash anʼanaviy 5 balli shkalada amalga oshirilishini bildiradi.1 va 2-sinf oʻquvchilarining bilimini baholash tizimi oʻzgargani yoʻq.