Bunday qilsangiz, doim uni bezovta qiladigan, qiynoqqa soladigan, koʻrpani ustidan tortib oladigan onasiga nisbatan yoqtirmaslik hissi paydo boʻlishi mumkin. Yaxshisi, unga budilnikdan qanday foydalanishni oʻrgating.
Agar u oʻrnidan turishda qiynalayotgan boʻlsa, uni “dangasa, ishyoqmas” deya mazah qilish yoki unga tanbeh berishning hojati yoʻq... Buning oʻrniga mehr va iliqlik muhitini yarating, radio yoki bolangizning sevimli musiqasini yoqing, unga tabassum qiling, bolani oʻping.
Esingizda boʻlsin, agar bola shoshilib qolsa, u hamma narsani sekinroq bajara boshlaydi. Bu tanasining tabiiy reaksiyasi, unga mos kelmaydigan odatlarga qarshi kurashda uning qurolidir.