Yangi o‘quv yilidan boshlab maktablarda joriy etilayotgan “Kelajak soati” an’anaviy darslardan butunlay farq qiladi. Unda baho qo‘yilmaydi, zerikarli ma’ruza o‘qilmaydi!
45 daqiqalik dars nimalardan iborat? (5 bosqich)
1️⃣ Tanishtirish (5 daq): Mavzu qiziqarli savol bilan boshlanadi.
2️⃣ Anglash / Video (15 daq): Mavzuga oid 3–5 daqiqalik qisqa videorolik ko‘riladi va tushuntiriladi.
3️⃣ Amaliyot (12 daq): O‘quvchilar guruhlarda savol-javob qiladi, vaziyatlarni muhokama qiladi.
4️⃣ Chuqur tahlil (8 daq): “Bu menga nima beradi? Men nima qila olaman?” degan savolga shaxsiy javob topiladi.
5️⃣ Refleksiya (5 daq): Dars xulosalanadi va keyingi hafta uchun oilaviy topshiriq beriladi.
Har oyning 4 haftalik “Oltin zanjiri”
Har bir katta mavzu 1 oy (4 hafta) davomida bosqichma-bosqich o‘rganiladi:
1-hafta — BILISH: Mavzu va video bilan tanishish.
2-hafta — MUNOSABAT: Oila davrasida (ota-ona bilan) mavzuni muhokama qilish.
3-hafta — AMAL: Rasm chizish, plakat yoki kichik ijodiy loyiha tayyorlash.
4-hafta — REFLEKSIYA: Kichik insho/esse yozish va oyni sarhisob qilish.
Asosiy qoida: O‘qituvchi ma’ruza o‘qimaydi — videoni qo‘yib beradi, o‘quvchilarni erkin fikrlashga, oilasi bilan suhbatlashishga va amaliy ijod qilishga yo‘naltiradi.