Prezident bayram munosabati bilan bir qancha soha vakillarini mukofotladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmonlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi munosabati bilan bir guruh yurtdoshlarimiz davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.

Quvonarlisi, ular orasida maktabgacha va maktab ta’limi tizimida faoliyat yuritayotgan bir guruh fidoyi pedagoglar ham bor. Xususan:

II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan:

➖Suyunov Akram Olimovich - Urgut tumanidagi 118-umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, Samarqand viloyati

Sog‘lom turmush” medali bilan:

➖Jalolov Ulug‘bek Muzafarovich - Kitob tumanidagi 45-umumiy o‘rta ta’lim maktabining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi, Qashqadaryo viloyati

 

Shuhrat” medali bilan:

➖Ametova Guljaxan Fayzullayevna - Nukus shahridagi 14-maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Bosimov Nuriddin Saidkosimovich - Zarbdor tumanidagi 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabining tarix fani o‘qituvchisi, Jizzax viloyati

➖Gaybullayeva Yulduz Ismoilovna - Uchquduq tumanidagi 10-maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi, Navoiy viloyati

G‘aniyeva Farangiz Bayotovna - Buxoro tumanidagi 30-umumiy o‘rta ta’lim maktabining biologiya fani o‘qituvchisi, Buxoro viloyati

➖Yeshmuratov Kakimbek Daryabayevich - Qorao‘zak tumanidagi 29-umumiy o‘rta ta’lim maktabining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

➖Kiskin Andrey Nikolayevich - Guliston shahridagi 8-umumiy o‘rta ta’lim maktabining rus tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi, Sirdaryo viloyati

➖Rahmatov Jalol Azamatovich - Shahrisabz tumanidagi 42-umumiy o‘rta ta’lim maktabining fransuz tili fani o‘qituvchisi, Qashqadaryo viloyati

➖ Sobirjonova Sevaraxon Abdukarimovna - Qo‘rg‘ontepa tumanidagi 25-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ingliz tili fani o‘qituvchisi, Andijon viloyati

«Sog‘lom turmush» medali bilan:

➖Zoxidova Zarina Sayitkulovna - Toyloq tumani Ilk rivojlanish markazi koordinatori, Samarqand viloyati

«Jasorat» medali bilan:

➖Yusupaliyeva Dilafruz Kurbanaliyevna - Boyovut tumani «Barkamol avlod» bolalar maktabi to‘garak rahbari, Sirdaryo viloyati

Barchani ushbu yuksak e'tirof bilan samimiy tabriklab, kelgusi faoliyatlarida ham muvaffaqiyat tilaymiz!