VAZIR JAMG‘ARMASI G‘OLIBLARI ANIQLANDI!

✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining tegishli buyrug‘i bilan, vazir jamg‘armasi hisobidan har oylik ustama to‘lanadigan 1 696 nafar malakali pedagog kadrlar ro‘yxati tasdiqlandi.

Tanlov g‘oliblari:

➖ umumiy o‘rta ta’lim maktablaridan — 1 400 nafar;
➖ ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalaridan — 98 nafar;
➖ maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan — 198 nafar.

Eslatib o‘tamiz, g‘oliblarga 2026-yil sentabr oyidan 2027-yil may oyiga qadar, jami 9 oy davomida quyidagi miqdorda ustama to‘lanadi:

umumta’lim tashkilotlari pedagoglariga — Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 5,5 baravari,

✅ maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilariga — Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 2 baravari.

➡️G‘oliblar RO‘YXATI