Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha malaka imtihonlari o‘tkaziladi

Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan 2026-yil sentyabr oyida quyidagi chet tillari bo‘yicha malaka imtihonlarini o‘tkazilishi belgilandi:

✔️Ingliz tili
✔️Nemis tili
✔️Fransuz tili
✔️Turk tili
✔️Arab tili

Ro‘yxatdan o‘tish:

Malaka imtihonlarida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali odatdagi tartibda amalga oshiriladi.

Bunda roʻyxatdan oʻtishning oxirgi sanasi 29-avgust, toʻlov qilishning oxirgi sanasi 30-avgust hisoblanadi.

Malaka imtihonlari 2026-yil 13–15-sentyabr kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
 

Muhim: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-fevraldagi 73-son qarori bilan tasdiqlangan Ma’muriy reglamentga ko‘ra, imtihon o‘tkaziladigan joy, sana hamda muayyan hudud bo‘yicha o‘tirish o‘rinlari soni Bilimni baholash agentligi tomonidan belgilanadi. Shu sababli, hudud uchun belgilangan limit to‘lgach, mazkur hudud boʻyicha ro‘yxatdan o‘tish yopiladi.



Test sinovlari o‘tkaziladigan aniq manzil va vaqt ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlarga qo‘shimcha ravishda yetkaziladi.

Eslatma: nemis va fransuz tillaridan malaka imtihonlari kompyuterda maxsus dastur asosida o‘tkaziladi.