➖Maʼlumot
Oliy, bakalavr diplomiga ega boʻlishi, bunda xorijiy til yoʻnalishlari boʻyicha mutaxassislar kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega boʻlishlari shart (magistratura, ilmiy darajaga egalik afzallik beradi).
➖Mutaxassislik
a) boshlangʻich sinf oʻqituvchisi uchun — boshlangʻich taʼlim ixtisosligi boʻyicha kamida oʻrta maxsus pedagogik maʼlumot yoki kamida bakalavr darajasidagi oliy maʼlumot va boshlangʻich taʼlim ixtisosligi boʻyicha dars berish huquqi bilan kasbiy qayta tayyorlov kursini tugatganligi;
b) fan oʻqituvchisi uchun — fan yoʻnalishiga toʻgʻri keluvchi kamida bakalavr darajasidagi oliy pedagogik maʼlumot yoki kamida bakalavr darajasidagi oliy maʼlumot va fan yoʻnalishiga toʻgʻri keluvchi dars berish huquqi bilan kasbiy qayta tayyorlov kursini tugatganligi yoxud fan yoʻnalishiga (xususiyatiga) toʻgʻri keluvchi kamida bakalavr darajasidagi oliy maʼlumot va pedagogik faoliyat yuritish huquqi bilan qayta tayyorlov kursini tugatganligi;
v) ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan ixtisoslashtirilgan maktablar hamda maktab-internatlarning ixtisoslashtirilgan fan oʻqituvchisi uchun – kamida birinchi malaka toifasiga ega boʻlishi; Mutaxassislik (oliy pedagogik maʼlumotga egalik afzallik beradi)
Mehnat staji talab etilmaydi.
➖ Kompyuter savodxonligi
➖ Qoʻshimcha talablar
Maktabgacha va maktab taʼlimi sohasiga oid qonunchilik hamda idoraviy va ichki lokal hujjatlardan, shuningdek, taʼlim standartlaridan xabardor boʻlishi; Davlat tilini bilish (rus, ingliz va boshqa chet tillarini bilish afzallik hisoblanadi).
Musiqa madaniyati fani oʻqituvchisi kamida bitta musiqa cholgʻu asbobini chalish koʻnikmasiga ega boʻlishi zarur. Jismoniy tarbiya fani oʻqituvchisi yoshiga nisbatan Sport vazirligi tomonidan belgilangan jismoniy tayyorgarlik va sport sinovlarini bajara olish koʻnikmasiga ega boʻlishi talab etiladi.
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining “Pedagogning maqomi toʻgʻrisida”gi Qonunining 15-moddasiga muvofiq: qonuniy kuchga kirgan sud hukmiga muvofiq pedagogik faoliyat bilan shugʻullanish huquqidan mahrum etilgan shaxslar; qonunchilikda belgilangan tartibda sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar; pedagogik faoliyatni amalga oshirishga toʻsqinlik qiladigan kasalliklari boʻlgan shaxslar; psixiatriya yoki narkologiya muassasalarida hisobda turgan shaxslarning pedagogik faoliyat bilan shugʻullanishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Qasddan sodir etilgan jinoyat uchun ilgari sudlangan shaxslarni pedagogik faoliyat bilan bogʻliq lavozimlarga qabul qilish mumkin emas.
Asos: MMTV ning 2026-yil 13-yanvardagi 9-sonli buyrug‘i