Joriy yilning 1-iyulidan kasbiy sertifikatlash nazorat sinovlarida qatnashish uchun murojaatlarni yuborish boshlanadi

 
✅ Xabaringiz bor, Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-fevraldagi 87-son qarori bilan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida pedagog kasbiga birinchi marta ishga qabul qilingan stajor-oʻqituvchilar hamda tegishli toifaga ega boʻlmagan pedagog kadrlar kasbiy sertifikatlash sinovlariga jalb etiladi.

 

➖ 2026-yil 1-iyuldan boshlab Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda davlat xizmatlari markazlari orqali kasbiy sertifikatlash nazorat sinovlarida qatnashish uchun murojaatlar qabul qilinishini maʼlum qilamiz.

 

Murojaatlarni yuborish 2026-yil 31-iyul (shu kuni ham)ga qadar davom etadi.
 
Eslatib oʻtamiz: Kasbiy sertifikatlash sinovlarida joriy yilning mart-iyun oylarida oʻtkazilgan kasbiy sertifikatlash sinovlarida yetarli ball toʻplay olmagan (56 dan kam) hamda ishtirok etmagan stajor-oʻqituvchilar ham hujjat topshirishlari mumkin.