So‘nggi qo‘ng‘iroq tadbirining ssenariysi tasdiqlandi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan 2025-2026-o‘quv yili yakuni munosabati bilan “Yuksak ma’rifatli avlod — Uchinchi Renessans poydevori!” shiori ostida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini tashkil etish belgilangan.

 

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini tashkil etishda quyidagilarga e’tibor qaratish so‘raladi:
 

➖ “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini (keyingi oʻrinlarda – tadbirlar) oʻtkazish boʻyicha ilovaga muvofiq tegishli tavsiya va namunaviy ssenariylarni barcha umumiy oʻrta taʼlim maktablariga (keyingi oʻrinlarda – maktablar) yetkazilishini taʼminlash;

 

➖ soʻnggi yillarda mamlakatimizda oʻquvchilarga yaratilayotgan sharoitlar va ular tomonidan qoʻlga kiritilayotgan yutuqlarni bitiruvchilarga sodda qilib yetkazish;

➖ tadbirlarda namunali xulqli va aʼlo baholarga oʻqigan iqtidorli oʻquvchilarni ragʻbatlantirish, oʻquvchilarning ota-onalariga “Eng faol ota”, “Jonkuyar ona”, “Masʼuliyatli ota-ona” kabi nominatsiyalar boʻyicha “Minnatdorchilik xat”larini topshirish;

➖ tadbirlarni xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda maktab hovlisidagi soya-salqin va ochiq maydonlarda tashkil etish;

➖ o‘quvchilar tomonidan avtotransport vositalarini boshqarish holatlarini oldini olish;

➖ tadbirni joriy yilning 25-may kuni ertalab soat 8:00 dan 9:00 ga qadar tashkil etish choralarini ko‘rish.



Asos: MMTVning 2026-yil 18-may kungi 04-37-1627-sonli ko‘rsatma xati

 

 

 

 

➡️Ssenariyni yuklab olish