Sertifikatga ega boʻlgan oʻquvchilar imtihondan ozod qilinadi

Ilovada koʻrsatilgan xorijiy til fanidan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 29-mayda 3515-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan normativ-huquqiy hujjatda nazarda tutilgan B1 va undan yuqori darajaga tenglashtirilgan milliy va xalqaro tan olingan sertifikatga ega boʻlgan oʻquvchilar yakuniy imtihonni topshirishdan ozod etiladi hamda mazkur fan boʻyicha ularga 5 baho qoʻyiladi.

Bunda:
 

Milliy sertifikatga ega boʻlgan oʻquvchilar uchun:

A, A+ darajasi — 5 baho
B, B+ darajasi — 4 baho
C, C+ darajasi — 3 baho


 

Xalqaro sertifikat (A Level) natijalariga koʻra:

A*, A yoki B darajasi — 5 baho
C darajasi — 4 baho
D yoki E darajasi — 3 baho qoʻyiladi.



Ilovada koʻrsatilgan umumtaʼlim fanidan milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikatga ega boʻlgan oʻquvchilar yakuniy imtihonni topshirishdan ozod etiladi.