Fevral oyida 1-sinf oʻquvchilari uchun qoʻshimcha bir hafta taʼtil beriladi

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-son qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida”gi nizomning 26-bandiga muvofiq, 1-sinf o‘quvchilari uchun fevral oyida qo‘shimcha ravishda bir haftalik ta’til joriy etilgan.

 

Mazkur ta’til fevral oyining qaysi sanalarida o‘tkazilishi hududiy maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari hamda ularning bo‘linmalari yoki har bir maktabning pedagogik kengashi tomonidan mustaqil tarzda belgilanadi. Shu bilan birga, maktab rahbariyati ta’til kunlarini elektron jurnal tizimida oldindan rejalashtirishi shart.

 

Eslatma sifatida, umumta’lim muassasalarida o‘quv yili 2-sentabrdan keyingi yilning 25-mayiga qadar davom etib, to‘rt chorakka bo‘linadi. Ushbu davrning umumiy davomiyligi 1-sinf o‘quvchilari uchun 33 haftani tashkil etadi.