Mazkur sahifamizda 1-sinf o‘quvchilari bilan o‘tkaziladigan Alifbe bayrami uchun zarur bo‘lgan senariylar, ko‘rgazmalar va turli metodik materiallar jamlangan. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari ushbu bayramga tayyorgarlik jarayonida kerak bo‘ladigan barcha materiallarni qulay tarzda yuklab olib, o‘z tadbirlarida foydalanishlari mumkin.
Bu yerda taqdim etilgan Alifbe bayrami dasturlari, “Alifbe bo‘ldi sirdosh” tadbiri senariylari, “Alifbeni tugatdik” bayrami uchun ishlanmalar hamda Savodxonlik bayrami uchun maxsus tayyorlangan ko‘plab senariylar maktabingizda o‘tkaziladigan bayram tadbirlarini yanada mazmunli va qiziqarli tashkil etishga yordam beradi.
Toplangan materiallar o‘qituvchilar uchun amaliy qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi va 1-sinf o‘quvchilari uchun unutilmas bayram muhitini yaratishga ko‘maklashadi.