Agar maktabda MMIBDOʻ uchun 1 ta shtat bo‘lsa, maktab maslahatchisi lavozimi sababli bu shtat qisqaradimi?

Prezidentning 2025-yil 8-sentyabrdagi PQ-277-son qarori bilan “Maktabdan tashqari taʼlimni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari” doirasida taʼlim muassasalarida maktab maslahatchisi lavozimi joriy etilgan.

Mazkur qaror ijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan 2025-yil 30-sentyabrda 368-son buyrugʻi tasdiqlandi.

Ushbu buyruqqa muvofiq, 2025-yil 1-oktyabrdan boshlab maktabgacha va maktab taʼlimi tizimidagi umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari lavozimi uchun ajratilgan 1 ta shtat birligi asosida faoliyat yuritayotgan jami 3400 nafar xodimni ogohlantirish belgilandi.

 

Shu qoidaga koʻra, har bir maktabda MMIBDOʻ lavozimi uchun aniq 1 ta shtat birligi belgilanadi. Agar muassasada bu lavozim boʻyicha jami shtat birligi 1 tadan oshgan bo‘lsa (masalan, 0,5, 1,0 yoki 1,5 qoʻshimcha birlik), ularning ortiqcha qismi qisqartiriladi.

Demak, maktabda avvaldan ham 1 shtat birligi MMIBDOʻ boʻlgan boʻlsa, u qisqarmaydi.
Agar esa mazkur lavozim boʻyicha 1,5 yoki undan yuqori shtat birligi mavjud boʻlsa, unda 1 tadan ortiq qismlari bekor qilinadi.

Манба