Kadrlar boʻyicha inspektor (menejer)ning lavozim majburiyatlari

ish.mehnat.uz hamda vazirlikning ish.uzedu.uz sayti orqali eʼlon berish;

➖xodimlarga taʼtil berish hisobini yuritish, taʼtillar jadvalini tuzish;

➖xodimlariga pensiyalar tayinlash, imtiyozlar va kompensatsiyalar belgilash uchun zarur hujjatlarni rasmiylashtirish;

 

➖xodimlarning qoʻnimsizligi sabablarini oʻrganish, uni pasaytirish boʻyicha muassasa direktoriga takliflar kiritish;

➖kadrlarga oid hujjatlarni belgilangan joriy saqlash muddatlari tugagach, uni doimiy saqlash uchun arxivga topshirish tayyorlash;

➖mehnat intizomining holati va xodimlar tomonidan ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish, mehnat intizomi buzilishlarining hisobini yuritish;

➖pedagog kadrlar bilan taʼminlash, oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarini jalb etish choralarini koʻrish yuzasidan turli tadbirlarda ish beruvchi vakili sifatida ishtirok etish;

➖maktab direktorining koʻrsatmasi asosida ish faoliyati davomida erishib kelayotgan yutuqlari uchun pedagoglar tarkibidan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat mukofotlari va vazirlikning tarmoq mukofotlari bilan taqdirlash boʻyicha nomzodlarning hujjatlarini tayyorlash, oʻrnatilgan tartibda tuman (shahar) boʻlimiga taqdim etilishini taʼminlash;

 

➖taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsini hurmat qilish;

➖taʼlim muassasa obroʻsi va shaʼniga putur yetkazishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarni tarqatmaslik hamda davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;

➖taʼlim muassasasi ustavi, kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena, ichki mehnat tartibi, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish;

➖foydalanish uchun oʻziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy texnikadan oqilona foydalanilishi va but saqlanishini hamda oʻzi ish olib boradigan xonada yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishini taʼminlash;

➖qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.

Kadrlar boʻyicha menejer (inspektor) oʻz majburiyatlarini samarali bajarish maqsadida boshqa boʻlinmalar (xodimlar)dan tegishli maʼlumot va axborotlarni soʻrab olish huquqiga ega.

Kadrlar boʻyicha menejer (inspektor)ga ushbu lavozim majburiyatlariga daxldor boʻlmagan boshqa vazifa va funksiyalar yuklatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.



Asos: MMTV ning 2025-yil 16-maydagi 156-sonli buyrugʻi