Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-dekabrdagi 681-son qaroriga muvofiq, maktab direktori lavozimiga nomzodlar bakalavr darajasiga ega bo‘lishi va direktorlar uchun belgilangan malaka talablariga javob berishi lozim. Ushbu talablar bajarilganda ular A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida tashkil etilgan menejerlik kurslarida o‘qishi mumkin.
Mazkur kursni tamomlab, menejerlik sertifikatiga ega bo‘lgan shaxslar faqat maktab direktori lavozimi uchun tanlovda ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladi.
Misol tariqasida: ta’lim muassasasida ishlayotgan oddiy o‘qituvchi menejerlik sertifikatini olgan taqdirda, u faqat direktorlikka nomzod sifatida tanlovda qatnashishi mumkin. Biroq unga hech qanday qo‘shimcha ustama to‘lanmaydi.
Nizomning 2-b bandida esa faqat rahbar xodimlar uchun ustama belgilangan:
maktab direktorlari — 50%,
direktor o‘rinbosarlari — 30%.
Ya’ni, ustama faqat rahbar lavozimida ishlayotgan va menejerlik sertifikatiga ega bo‘lgan xodimlarga beriladi.
???? Xulosa: Menejerlik sertifikatiga ega bo‘lgan oddiy o‘qituvchilar ushbu ustamani ololmaydi. Ustama faqat direktorlik tanlovidan muvaffaqiyatli o‘tgach, direktor sifatida ish boshlaganidan keyin to‘lanadi.