eMaktab.uz'da sinf rahbarining vazifalari

eMaktab.uz'da sinf rahbarining vazifalari quyidagicha:

1️⃣ ota-ona (o'quvchining qonuniy vakili) uchun Platformada рrоfil yaratib, vaqtinchalik Login vа Parolni tarqatish;

 

2️⃣ ota-onalar va o'qituvchilar uchun unutilgan Login vа Parolni tiklash tartibi hamda o'quvchi vа ota-ona (o'quvchining qonuniy vakili)ning shaxsiy ma'lumotlarini uzatish uchun javobgar bо'lish;

 

3️⃣ ota-ona (o'quvchining qonuniy vakili)ning Platformadagi faolligini doimiy ravishda kuzatib borish, zarurat tug'ilganda ularga aloqaga chiqib profilaktik suhbat olib borish. Profilaktik suhbat o'z ijobiy natijasini bermagan taqdirda maktab direktoriga mа'lumot kiritish;

 

4️⃣ sababli (kasalligi, oilaviy sharoitidan kelib chiqqan holda) dars qoldirgan o'quvchilarni sinf jurnalida maxsus belgilar (s, dq, k, kq, m, ch, q, ns, tq) bilan belgilab chiqish;

 

5️⃣ o'quvchi sababsiz 3 soat dars qoldirsa kerakli hujjatlar to'plamini yig'ib, muassasa rahbariga taqdim etish;

 

6️⃣ umumiy o'rta ta'lim muassasalari faoliyatida avtomatlashtirilgan axborot tizim bilan ishlash va arxivlashtirish tartibi haqidagi nizomga muvofiq belgilangan vazifalar bajarilishini ta'minlaydi.

Asos: Xalq ta’limi vazirining 2022-yil 24-iyun kungi 205-sonli buyrug‘i.