O‘quvchi dars jarayonida xulq-atvori bilan mashg‘ulotlarga halaqit bersa, unga bevosita chora ko‘rilmaydi. Bunday holatda ma’muriy javobgarlik o‘quvchining ota-onasiga qo‘llanilishi mumkin.
Bu tartib Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 31-avgustdagi 282-son buyrug‘iga 1-ilovada tasdiqlangan Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalarida belgilangan.
Mazkur hujjatning 14-bandiga ko‘ra, o‘quvchi darsda:
— tеgishli darslik va zarur o’quv qurollari bilan ishtirok etish;
— darslarda o’quv jarayoni bilan bog‘liq bo’lmagan boshqa ishlarga chalg’imaslik;
— o’qituvchiga murojaat qilmoqchi yoki savoliga javob bеrmoqchi bo’lganda qo’lini ko’tarib ruxsat so’rash;
— sanitariya-gigiеna va tеxnika xavfsizlik qoidalariga to’liq amal qilishi shart.
Agar o‘quvchi ushbu talablarni muntazam ravishda buzsa, uning ota-onasiga nisbatan ma’muriy javobgarlik chorasi qo‘llanishi mumkin.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq, bunday holat bir yil ichida takror sodir etilsa, ota-onaga bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravaridan 10 baravarigacha jarima solinishiga sabab bo’ladi.