Hukumatning 2021-yil 17-sentyabrdagi nizomning 45-bandiga ko‘ra, pedagog kadrlar attestatsiyada uzrli sababga (vaqtincha mehnatga qobiliyatsizligi, davlat yoki jamoat vazifalarini bajarganligi, respublika va xalqaro musobaqalarda ishtirok etganligi, vaqtincha xorijiy mamlakatda safarda boʻlganligi, yaqin qarindoshining vafoti, vakolatli davlat organi yoki taʼlim tashkilotlari rahbarlarining maʼlumotnomasida koʻrsatilgan boshqa asoslarga) koʻra kelmagan boʻlsa, ularning attestatsiyasi boshqa muddatga koʻchiriladi.
Pedagog kadrlar uzrli sabablarga koʻra attestatsiyaga kelmaganligi tufayli ularning attestatsiyasi boshqa muddatga koʻchirilgan taqdirda, yigʻim takroran undirilmaydi.
Bunda uzrli sabab bilan bora olmaydigan o‘qituvchi yoki uning ish beruvchisi test kunlari viloyatda test oʻtkazayotgan ishchi guruhiga uzrli sabablarga koʻra ishtirok eta olmasligi toʻgʻrisida yozma bildirgi berib qoʻyishi kerak boʻladi.