Musiqa madaniyati fani va jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilariga sertifikat berish tartibi belgilandi

Hukumat qarori (652-son, 17.10.2025-y.) bilan “Musiqa madaniyati fani va jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilarining bilim darajasini va kasbiy mahoratini aniqlash hamda ularga sertifikat berish tartibi toʻgʻrisida ”gi nizom tasdiqlandi.

✅Nizom musiqa madaniyati fani va jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilarining bilim darajasi va kasbiy mahoratini aniqlash hamda ularga sertifikat berish tartibini belgilaydi.

Sertifikat Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan 3-yil muddatga elektron shaklda beriladi.

✅Musiqa madaniyati fani va jismoniy tarbiya fanini bilish darajasini aniqlash boʻyicha A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikatlar beriladi.

 

Amaliy (ijodiy) imtihon hamda test sinovlarining oʻrtacha natijasiga koʻra:

 

➡️70 va undan yuqori ball olgan talabgorga – A+ darajali;
➡️65 – 69,9 ballga – A darajali;
➡️60 – 64,9 ballga – B+ darajali;
➡️55 – 59,9 ballga – B darajali;
➡️ 50 – 54,9 ballga – C+ darajali;
➡️46 – 49,9 ball olgan talabgorga – C darajali sertifikat beriladi.

 

✅B+ va undan yuqori darajali sertifikat olgan oʻqituvchiga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda oylik maoshiga ustama beriladi.